Toşkent moliya instituti rektori U.O‘.Azizov, Ilmiy işlar va innovatsiyalar böyiça prorektor J.Karimqulov va xalqaro aloqalar bölim boşliği S.Avazxodjayevlardan iborat institut delegatsiyasi joriy yilning 21-28 noyabr kunlari Malayziya davlatida xizmat safarida bölişdi.
Xizmat safari davomida Özbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga öqişga qabul qiliş böyiça Davlat komissiyasi majlisining 2018 yil 5 oktabrdagi 11-son bayoniga muvofiq Toşkent moliya instituti va Malayziyaning Bayneriy universiteti (Binary University of Management & Entrepreneurship) örtasida qöşma “Binary Graduate School” fakulteti taşkil etilganligi munosabat bilan qöşma fakultet faoliyatini yölga qöyiş va ta'lim mutaxassisliklari uçun zarur öquv rejalari, öquv dasturlari, öquv-uslubiy faoliyatga oid boşqa zarur me'yoriy hujjatlar imzolandi.



Şuningdek, xizmat safarida mamlakatimizning Malayziyadagi elçixonasida Favqulodda va muxtor elçi Ravşan Usmanov bilan uçraşuv bölib ötdi.

Uçraşuv davomida Toşkent moliya instituti va Malayziya oliy öquv yurtlari hamkorlik aloqalari asosida qöşma dasturlar, talabalar va ilmiy tadqiqotçilar hamda professor-öqituvçilar almaşinuvi böyiça amalga oşirilayotgan amaliy çora-tadbilar haqida fikr va mulohazalar yuritildi.

Bundan taşqari, Toşkent moliya instituti va Malayziyaning Milliy energetika universiteti (UNITEN) vakillari örtasida bölib ötgan muzokaralar natijasiga köra, endi nafaqat Toşkent moliya institutining talabalari, pedagog-xodimlari va doktorantlari uçun almaşinuv dasturlarini yölga qöyiş, balki 2019 yilning aprel oyida Malayziyaning Milliy energetika universitetidan 30 nafar iqtidorli talaba Toşkent moliya instititutiga qisqa muddatli (Study and Tourism) dasturda iştirok etiş uçun keladilar.

















