Bugungi kunda yangi elektromobil modelini yaratganlik bilan unça-bunça odamni hayratlantiriş qiyindir. Elektr energiya amaliyotda qöllaş mumkin bölgan muqobil energiyaning yagona turi emas. Şvetsiyaning yuk maşinalari işlab çiqarişga ixtisoslaşgan Scania kompaniyasi yaqin orada vodorod yonilğisida işlovçi dunyodagi ilk yuk maşinasi çiqarişini ma'lum qildi. Maşinaning nomi Renova böladi.
Bu antiqa maşina haqida kompaniya rahbarlaridan biri Marita Nilsson ma'lum qildi.
Scania yuk maşinani yaratiş doirasida Şvetsiyaning energetika agentligi va Stokholm Qirollik texnologiya instituti bilan hamkorlik qilmoqda. Eng qiziq jihati, yuk maşinasi çiqindi taşuvçi maşina böladi.
“Vodorodda işlovçi yonilği elementlarining qöllanişi çiqindi taşuvçi kabi oğir tijorat maşinalari uçun juda jalb qiluvçi hisoblanadi. Yuk maşinalar bu borada yengil maşinalardan köra afzalroqdir.
Scania’ning vodorodda işlovçi ilk yuk maşinasi 2019 yil oxiri-2020 yil boşida sotuvga çiqariladi. Şu davr içida maşinaning ilk sinovlarini ötkaziş belgilangan. Loyiha Şvetsiya hukumati bilan yaqin hamkorlikda olib borilmoqda.

















