Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Izsiz g‘oyib bo‘lgan 27 nafar chechenistonlik. Rossiyadagi sud jinoiy ish ochishdan bosh tortdi
Yessentukidagi sud Rossiya Tergov qo‘mitasining «Novaya gazeta» tomonidan yozilgan, Chechenistonda yashovchi 27 nafar shaxsning izsiz g‘oyib bo‘lishi sababli jinoiy ish qo‘zg‘atishni rad etish to‘g‘risidagi qarorini qonuniy, deb topdi.
«Tergovchining xatti-harakatlari sud tomonidan qonuniy va asosli, deb topildi», - deya sud matbuot xizmati bayonotini keltirgan «Interfaks» 14 dekabr kuni.
«Kavkazskiy uzel»ning yozishicha, Tergov qo‘mitasi harakatlariga shikoyatni «Novaya gazeta» bergan.
2017 yilning iyulida «Novaya gazeta» yanvar oyida Grozniyda 27 kishi o‘ldirilgani haqida xabar berdi. Qayd etilishicha, ular 2016 yil dekabrida politsiyachilarga hujumdan so‘ng amalga oshirilgan reydlar davomida qo‘lga olingan. Checheniston rasmiylari bu xabarni yolg‘on, deya atashdi. Keyinchalik ommaviy axborot vositalari ularning qarindoshlariga bosim o‘tkazilayotgani haqida yozdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ramzon Qodirovning qarorgohini tozalashga 51 mln rubl sarflanishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
19:51 / 30.06.2026
“Farhod” avtoehtiyot qismlar bozoridagi jinoiy guruh a’zolariga hukm o‘qildi
11:56 / 30.06.2026
Doniyor Turg‘unov ustidan sud boshlandi: avtomobilni olib qochish moddasi ayblovdan chiqarilgan
18:40 / 23.06.2026
Falajlikda o‘tgan 4 yil yoxud Islomov rahbarligi davrida sud tizimi
09:00 / 16.06.2026