Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonda prezidentning g‘azabiga uchragan transport vaziri ishdan ketdi
Foto: Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati
Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti Sooronbay Jeenbekov maxsus farmonni imzoladi, unga ko‘ra Jamshidbek Kalilov iste'fosi qabul qilindi hamda u Qirg‘iziston transport va yo‘llar vaziri lavozimidan ozod etildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Avvalroq, J. Kalilov o‘z xohishi bilan iste'foga chiqqani haqida xabarlar berilgandi. J. Kalilov o‘z iste'fosi haqida izoh berdi.
«Men jamoam oldida bunday holat borasida ogohlantirish uchun avvaldan choralar ko‘rmaganimga uzr so‘rayman. Bir kishining noqonuniy harakati sababli Transport va yo‘llar vazirligi xodimlarining samimiy mehnati soya ostida qoldi. Bunday bo‘lishi kerak emasdi, sababi biz bu yillar davomida korruptsion sxemalarni kamaytirish, inson omilini yo‘qotish va boshqalarni bartaraf etishga yo‘naltirilgan ko‘pgina islohotlar ustida ish olib bordik. Bu ish, o‘ylaymanki, davom etadi. Jamoa bor, u ishlamoqda. Men Transport vazirligidagi ish faqat rivojlanishiga ishonaman», - dedi u.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Jeenbekov Qirg‘iziston butun dunyoga sharmanda bo‘lgani, transport vazirini ishdan chetlatish haqida buyurgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
18:59 / 02.04.2026
Qirg‘izistonda Rossiya qiruvchi samolyotlarining mashg‘ulotlari to‘xtatildi
21:08 / 01.04.2026
Qirg‘izistonda Qamchibek Tashiyevning ukasi korrupsiyada gumon qilinib qo‘lga olindi
18:20 / 30.03.2026
Qirg‘iziston ilk bor o‘z milliy valutasini mustaqil chop etishni boshladi
15:56 / 25.03.2026