Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Alisher Usmonov Moskvadagi muzeyga shamshir va nayzalardan iborat noyob kolleksiyasini topshirdi
Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidenti, asli kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan rossiyalik milliarder Alisher Usmonov (Forbes Rossiya reytingida 10-o‘rin, 12,5 milliard dollar) o‘zining qurollar kolleksiyasini Moskvadagi Sport muzeyiga taqdim etdi. Bu haqda «Interfaks» xabar bermoqda. Uning tarkibida duel jangovar quroli - 25 nusxadagi shamshir va nayzalar bor.
Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Olga Golodets Sport muzeyidagi marosimda tadbirkorning kolleksiyasini «mutlaqo noyob», deb atadi. «U (to‘plam) katta ishtiyoq, mehr bilan yig‘ilgan. Bu butun qilichbozlikning tarixidir», - deya ta'kidlab o‘tdi amaldor. U kolleksiyani «odamlar tomosha qilishi uchun iloji boricha qulayroq yerga» joylashtirish va maktab o‘quvchilari uchun qiziqarli ekskursiyalar tayyorlashga chaqirdi.
Qadimiy qurollar va qilichbozlik mahoratiga oid noyob kitoblar to‘plami muzeyga milliarder tomonidan ta'sis etilgan «Qilichbozlik kelajagi uchun» xayriya jamg‘armasi tomonidan topshirildi. Usmonov 2008 yildan buyon Xalqaro qilichbozlik federatsiyasiga rahbarlik qilmoqda, u bu lavozimga bir necha bor qayta saylangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Moskvadagi sud Alisher Usmonovning «qonundagi o‘g‘ri» Shakro Molodoy bilan aloqalari haqidagi maqolalarni o‘chirib tashlash haqida qaror chiqargandi.
Mavzuga oid
15:18 / 15.06.2026
Kuchli yog‘ingarchilik tufayli Rossiya hududlarini suv bosdi – fotolar
13:08 / 13.05.2026
Zelenskiydan troll-farmon, «muzlagan» front: urushda nima gap?
18:34 / 07.05.2026
Bu yil Moskvadagi G‘alaba paradida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari qatnashmaydi
20:39 / 27.04.2026