FIFA klublar örtasidagi jahon çempionati qoidalariga özgartiriş kiritdi. Bu haqda AS xabar qilmoqda.

Manbaga köra, JÇ finalida qizil kartoçka oladigan futbolçilar yevrokuboklardan bitta öyinga diskvalifikatsiya qilinadi.

Qoida hozirda faqatgina «Real»ga daxldor, çunki «qaymoqranglilar» JÇda Yevropa nomidan töp surayotgan yagona klubdir. Demak, agar «Real» JÇ finaliga yöl olsa va unda jamoaning qaysidir a'zosi maydondan çetlatilsa, u YeÇLning navbatdagi öyinini ötkazib yuboradi.

Eslatib ötamiz, «Real» yarim finalda Yaponiyaning «Kaşima Antlers» klubi bilan bellaşadi. Bahsda ertaga – 19 dekabr kuni bölib ötadi. Finalning ikkinçi iştirokçisi bugun bölib ötadigan «River Pleyt»-«Al-Ayn» bahsi natijasiga asosan aniq böladi.