Veytsman instituti (Isroil) ğaroyib tadqiqot ötkazdi. Bir neça yil davomida olimlar 800 kişidan iborat köngillilar guruhini kuzatişdi. Tajriba iştirokçilari ikki guruhga ajratildi. Birinçi guruhdagilar faqat “soğlom” taomlarni iste'mol qilişdi. Ikkinçilar esa soğlom hisoblanmaydigan yeguliklarni yeyişdi: yarim tayyor mahsulotlar, çipslar, gazli içimliklar, muzlatilgan mahsulotlar va h.k (tadqiqotga jami 47 mingta mahsulot kiritildi).

Professor Eran Elinav va Eran Segal tadqiqotni ötkazgan hamkasblari bilan birgalikda ğaroyib xulosaga kelişdi. Aniqlanişiça, kuzatilayotgan kişilarning organizmlari yegulikka individual reaksiya bergan. Har ikki guruhda ham ijobiy va salbiy özgarişlar kuzatilgan.

Xususan, tadqiqotning turli iştirokçilarida yagona taomga qondagi qand darajasining özgarişi bir-biridan batamom farq qilgan. Aynan şuning uçun ham bir kişi ortiqça vazn töplaşi, boşqa birov esa aynan şu parhezda ixçam körinişda qolişini kuzatişimiz mumkin.

Hozirgi vaqtda parhezşunoslar glikemik indeksga qarab yönaliş belgilaşmoqda. Indeks u yoki bu ovqat hamma uçun qay darajada “soğlom” ekanini belgilaydi. Biroq tadqiqot natijalari şuni körsatdiki, bir xil yegulik turli kişilar qonidagi qand miqdoriga turliça ta'sir körsatadi. Masalan, tadqiqotda iştirok etgan, unga avval vazn taşlaş maqsadida turli parhezlarni sinab körgan bir ayolda tomat iste'molidan keyin qand darajasi “sakrar ekan”. Boşqalarda esa şirin pişiriqlarga qaraganda bananlar köproq özgarişlarni keltirib çiqarişi aniqlangan.

Tadqiqot natijalari böyiça tayyorlangan ma'ruzada “soğlom” va “nosoğlom” mahsulotlar har bir odam uçun hayotning muayyan fursatidan kelib çiqib, individual tarzda aniqlanişi kerakligi aytilgan. Aynan şuning uçun ham “barça uçun soğlom ovqatlaniş” mavjud emas. Mahsulotlarni esa içaklar mikroflorasining turli oziq-ovqatlarga reaksiyasidan kelib çiqib tanlaş lozim.