Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya Ikkinchi jahon urushidan so‘ng SSSRga olib chiqib ketilgan madaniy boyliklarni qaytarishni so‘radi
Germaniya Ikkinchi jahon urushi yakunlanganidan so‘ng, SSSRga o‘lja sifatida olib chiqib ketilgan madaniy boyliklarni qaytarish talabi bilan chiqdi. Bu haqda «Izvestiya» Germaniyaning Moskvadagi elchixonasiga tayangan holda xabar bermoqda.
Xabar qilinishicha, nemis diplomatik idorasi 2017 yilda Germaniyadan Rossiyaga tegishli to‘rtta san'at buyumi ixtiyoriy ravishda qaytarib berilganini eslatgan.
O‘z navbatida, Rossiya prezidentining maxsus vakili Mixail Shvidkoy ma'lum qilishicha, Moskva va Berlin o‘rtasidagi siyosiy muloqot qayta tiklanmaguncha, Rossiya bu masalani Germaniya bilan muhokama qilmaydi.
Ta'kidlanishicha, Germaniya tomonining da'volari madaniy boyliklarni chet elga olib chiqib ketishga to‘sqinlik qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Ikkinchi jahon urushidagi yo‘qotishlar haqida yangi ma'lumotlarni oshkor qilgandi.
Mavzuga oid
18:47 / 14.06.2026
Germaniya prezidenti O‘zbekistonga keladi
10:00 / 10.06.2026
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
10:40 / 09.06.2026
Yevropaning yangi avlod jangovar samolyoti loyihasi to‘xtatildi
11:20 / 08.06.2026