«Mançester Yunayted» yangi boş murabbiy izlaş işlarini davom ettirmoqda.
The Telegraph naşri ma'lumotiga köra, jamoani doimiy asosda boşqariş uçun asosiy nomzod – «Tottenhem» ustozi Maurisio Poçettino hisoblanadi.
The Times naşri ma'lumotiga köra, 2018 yil yozida murabbiy bilan yangi 5 yillik şartnoma tuzgan «Tottenhem» bu şartnoma bekor qilinadigan taqdirda 34 million funt miqdorida tovon puli talab qiladi (murabbiyning qolgan 4 yil davomida oladigan maoşi miqdori).
The Telegraph naşri xabar qilişiça, «Mançester Yunayted» «Tottenhem»ga murabbiyning 5 yillik şartnomasi uçun közda tutilgan 42 million yevroni tölaşga tayyor.
Qayd etiş kerakki, 2014 yildan buyon «Tottenhem»ni boşqarib kelayotgan argentinalik mutaxassis rahbariyatning transfer siyosatidan norozi bölmoqda. U mavsum yakunida yöl olişi mumkin bölgan jamoalardan yana biri «Real» hisoblanadi.
Öz navbatida «Real»ning sobiq boş murabbiyi Zinedin Zidan ham «Mançester Yunayted»ga kelişi mumkin bölgan nomzodlar qatorida.
As naşri ma'lumotiga köra, Zidanda «Mançester Yunayted» tomonidan berilgan taklif mavjud. U taklifni körib çiqmoqda.
Zidan «Yuventus»da yoki Fransiya terma jamoasida işlaşni istagan, ammo yaqin vaqt içida buning imkoni yöqligini tuşunib turibdi. Şu tufayli u «MYu» variantini örganib çiqmoqda.
Zidan Madriddan ketgaç, köp bor uning nomi Mançester bilan boğlangandi.
18 dekabr kuni «MYu» qoniqarsiz natijalar uçun Joze Mourinoni iste'foga çiqardi, jamoa APLda 17 turda faqat 7 öyinda ğalaba qozondi va ayni vaqtda 26 oçko bilan oltinçi örinda joylaşgan. «Qizil iblislar» çempionat peşqadami «Liverpul»dan 19 oçko ortda qolib ketişgan.
19 dekabr kuni Mourinoning örniga jamoaning sobiq futbolçisi Ole-Gunnar Sulşer mavsum oxiriga qadar jamoani boşqarib turadigan böldi.













