Özbekiston Respublikasi Markaziy banki oltin-valyuta zaxiralari töğrisidagi ma'lumotni e'lon qildi.
Oltin-valyuta zaxiralarini hisoblaş metodikasi Xalqaro valyuta jamğarmasining standartlari asosida yuritiladi. Oltin-valyuta zaxiralarining tarkibi xorijiy valyuta aktivlari va quyma şaklidagi monetar oltindan iborat.
Joriy yilning noyabr oyida yalpi oltin-valyuta zaxiralari 511,1 mln AQŞ dollariga kamayib, 25,9 mlrd dollarni taşkil qildi.
Sof oltin-valyuta zaxiralari 1 dekabr holatiga 25,2 mlrd dollarga teng böldi.
Markaziy bank izohida aytilişiça, joriy yilning yanvar-noyabr oylarida oltin-valyuta zaxiralarining kamayişi qisman oltin narxining 1296,50 dan 1220,45 doll/tr.untsiyaga pasayişi hisobiga yuzaga keldi (narxning oltin-valyuta zaxiralarining kamayişga ta'siri - 823,2 mln dollar).
Özbekiston Respublikasining oltin-valyuta zaxiralari
mln AQŞ dollarida


















