Toşkent şahar hokimi vazifasini vaqtinça bajarib kelayotgan Jahongir Ortiqxöjayev lavozimidan «v.b.» qöşimçasi olib taşlandi va u şahar hokimi etib rasman tasdiqlandi.

Xalq deputatlari Toşkent şahar sessiyasida taşkiliy masala körildi. Prezident Şavkat Mirziyoyev Toşkent şahar hokimi vazifasini vaqtinça bajarib kelayotgan Jahongir Ortiqxöjayev nomzodini şahar hokimi lavozimiga tavsiya etdi. 

«Toşkent mamlakatimiz uçun qançalik muhimligini hammangiz yaxşi bilasiz. Bu yerga rahbar qöyiş ham osonmas. Şuni inobatga olib, Jahongir Ortiqxöjayevni hokim vazifasini bajaruvçi sifatida 8 oydan buyon sinadik. Töğrisini aytiş kerak, u şaharga kelib, muhitni özgartirişga erişdi. Hokimlikning obrösini oşirdi, tadbirkorlarni öziga ergaştira oldi. Jahongir Ortiqxöjayev Toşkent şahrining şaroitini, uning iqtisodiy-ijtimoiy salohiyatini, bu yerdagi odamlarni va faollarni yaqindan biladi. Eng asosiysi, qanday qilib odamlar uçun iş joyi taşkil etişni yaxşi biladi», - deya davlati rahbari sözlarini keltirmoqda prezident matbuot xizmati. 

Akfa Group kompaniyalari asosçisi va rahbari, işbilarmon bölgan Jahongir Ortiqxöjayev şu yilning aprel oyi oxirida Toşkent şahri hokimi vazifasini bajaruvçi etib tayinlangandi.

2012 yildan buyon Toşkent şahriga hokimlik qilgan Rahmonbek Jahongiroviç Usmonov şu kunning özida Özbekiston avtomobil transporti agentligi boşliğining birinçi örinbosari lavozimiga ötkazilgandi.