Isroil Suriyaga Bayrut va Damaşq aeroportlariga fuqarolik samolyotlari qönişga kirayotganda aviazarbalar berdi. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi vakili, general-mayor Igor Konaşenkov ma'lum qildi. 

Uning aytişiça, halokatga yöl qöymaslik uçun Suriya armiyasi tomonidan havo hujumiga qarşi mudofaa va radioelektron kuraş vositalarini qöllaşga çeklov kiritişga töğri kelgan. Aynan şu qadam “Damaşqdagi avianozirlarga yölovçi samolyotini xavfli hududdan olib ketib, uni Hmaymim aerodromiga yönaltirişga” imkon bergan.

25 dekabr keçki payt Isroilning 6 ta F-16 samolyoti Damaşq yaqiniga raketa zarbalari berdi. Zarbalarning aksariyati Suriya havo hujumiga qarşi mudofaa tizimlari tomonidan qaytarilgan. Hujum oqibatida 3 suriyalik harbiy jarohat olgan, öq-dori ombori qisman vayron bölgan. Hujum 1,5 soatdan köproq davom etgan.

Isroil armiyasining rasmiy vakili rossiyalik harbiylarning bayonotiga izoh berişdan boş tortdi.

“Izohsiz”, deb javob qilgan Isroil armiyasi podpolkovnigi Yonatan Konrikus.

Eslatib ötamiz, 17 sentyabrda Rossiyaning Il-20 radiolokatsion razvedka samolyoti Suriya kuçlariga qaraşli S-200 majmuasi raketasi yordamida urib tuşirilgan. Bunga Isroilning F-16 qiruvçilari Rossiya samolyoti orqali öz xatti-harakatlarini berkitişga uringani sabab bölgan.