Rossiyalik milliarder, «Skolkovo» jamğarmasi prezidenti va «Renova» kompaniyasi egalaridan biri Viktor Vekselberg Rossiya prezidenti Vladimir Putinga AQŞ sanksiyalari böyiça şikoyat qilib, ular biznesiga zarar yetkazganini aytdi. Rossiyalik oligarxning sözlari Reuters agentligi tomonidan keltirilgan.

Tadbirkor Amerika çeklovlari natijasidagi yöqotişlarni «ölimga olib kelmaydigan», deb baholadi. «Katta miqdorda yöqotişlar, bu yoqimsiz. Sanktsiyalar bizning biznesimiz tuzilmasiga sezilarli ta'sir qildi, ammo bu ölimga olib kelmaydi», - dedi oligarx. U rossiyalik boşqa bir milliarder - Oleg Deripaskaning Amerika hukumati bilan muzokaralardagi muvaffaqiyatini izohlaşdan boş tortdi.

Har ikki tadbirkor 2018 yil aprel oyida AQŞ sanksiyalari ostida qoldi, bu ularning aktivlari qiymatiga keskin ta'sir körsatdi, şuningdek, butun biznes uçun jiddiy xatarlar uyğotdi. Natijada, ular çeklovlardan qutuliş uçun aktivlarga egalik qiliş tuzilmasini jiddiy özgartirdi. Ikkala biznesmen asosiy aktivlarda uluşni sezilarli darajada kamaytirdi, bu biznes normal iş olib borişi uçun kerak böldi.

Şuningdek, Veskelbergning jurnalistlarga aytişiça, Davosdagi Butunjahon iqtisodiy forumiga (BIF) borişni rejalaştirmoqda. 

Eslatib ötamiz, avvalroq dunyodagi eng boy odamlar 2018 yilda 511 mlrd dollar yöqotgani xabar berilgandi.