27 dekabr kuni Qoraqalpoğiston Respublikasining Xöjayli tumanida oğir yöl-transport hodisasi yuz berdi. ÖzA xabariga köra, baxtsiz hodisa oqibatida 4 nafar kişi halok bölgan.

Baxtsiz hodisa Nexia-3 rusumli avtomaşina yölda sirpanib, beton tösiqqa borib urilişi oqibatida sodir bölgan.

Kuçli zarba avtomaşinaning gaz balloni otilişiga olib kelgan. Halok bölganlar orasida Qoraqalpoğiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vaziri örinbosari va Tuyamöyin-Nukus mintaqaviy suv ötkazgiçidan foydalaniş boşqarmasi boşliği örinbosari, şuningdek Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi yetakçi mutaxassisi ham bor.

Voqea tafsilotlari örganilmoqda.