27 dekabr kuni soat 08:35larda Qoraqalpoğiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vazirligi haydovçisi O.K. özining boşqaruvidagi oq rangli, davlat raqami 95 665 XAA bölgan Nexia-3 rusumli xizmat avtomaşinasini boşqarib borayotib, Xöjayli tumani, «Amudaryo» OFY hududidan ötuvçi, A-380 «Ğuzor-Buxoro-Nukus-Beyneu» avtomobil yölining 810-811 kilometrida boşqaruvni yöqotib, yöl çetida tösiqqa urilgan va yöl transporti hodisasi sodir etişi natijasida 4 kişi halok böldi.

Boş prokuratura matbuot xizmati Kun.uz ga xabar berişiça, yöl transport hodisasi natijasida avtomaşinada yonğin kelib çiqqan. Maşina içida bölganlarning barçasi, haydovçi Q.O., yölovçilar Qoraqalpoğiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vaziri örinbosari R.X., «Tuyamöyin Nukus» DUK boşqarma direktori örinbosari T.Z. va Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi umumiy bölim yetakçi mutaxassisi A.D. voqea joyida vafot etgan.

Aniqlik kiritilişiça, yonğin avtomaşinaga örnatilgan gaz balloni portlaşi oqibatida kelib çiqqan.

Voqea joyiga Qoraqalpoğiston Respublikasi prokurorining birinçi örinbosari, Qoraqalpoğiston Respublikasi Içki işlar vazirining örinbosari, Xöjayli tuman prokurori va boşqa tergov-tezkor xodimlari çiqib, közdan keçirilgan.

Yöl-transport hodisasi natijasida vafot etgan fuqarolar Q.O., R.R., T.Z. va A.D. murdalariga sud-tibbiy ekspertizasi va DNK ekspertizalari tayinlangan.

Mazkur holat yuzasidan Qoraqalpoğiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boşqarmasi tomonidan Özbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.