Mana qariyb, uç hafta mobaynida vodiy viloyatlaridagi avtomobillarga gaz qöyiş şoxobçalaridagi uzundan-uzoq navbatlar bilan boğliq muammolar haqida juda köp maqolalar e'lon qildik.

Ma'lumki, har yili sovuq fasl kelib, harorat minus daraja tomon tuşganida, tabiiy gaz bosimi pasayib vodiy viloyatlari aholisi uçun jiddiy qiyinçiliklar yuzaga keladi. Bu yil mazkur muammoli holat ommaviy axborot vositalarida keng muhokamalarga sabab böldi.

Dekabr oyining sönggi kunida “Öztransgaz” AJ raisi Bahodir Eşmuratov Andijon, Namangan va Farğona viloyati aholisi 2019 yilni issiq xonadonlarda kutib olişi haqida xuşxabarni e'lon qildi.

Darhaqiqat, vodiyning uç viloyatida yaşovçi aholi vakillari tabiiy gaz bosimi sezilarli darajada kötarilganini bildirdilar.

Ayniqsa, avtomobillarga siqilgan gaz quyiş şoxobçalarida bosim kötarilgani yanada aniqroq namoyon bölgani bor gap. Çunki, metan “zapravka”lari atrofida navbatlar deyarli yöqolgan. Keçki soat 20da berkitilayotgan şoxobçalardan çeklov olib taşlanib, endi maskanlar uzluksiz faoliyat yuritmoqda.

Biroq, “zapravka”lar bosim bilan birgalikda gaz narxini ham kötarib olgani taajjubli holat. Bu haqda vodiyning turli burçaklaridan murojaatlar kelib tuşmoqda. “Farğona viloyati, Quva tumanidagi gaz “zapravka”sida navbat yöq. Lekin, narx birdaniga 400 sömga oşganiga hayron böldik. Metan gaz narxi 1900 sömdan 2300 sömga çiqqan”, – deya yozadi quvalik öquvçimiz. Xuddi şunday murojaatlar Andijon viloyatidan ham keldi.

Vodiyni aylanib, metan gaz quyiş şoxobçalarida böldik. Andijon şahriga kiraverişdagi xalq “strelka” deya atovçi şoxobçada metan gaz narxi 2200 söm ekan.

Uyşin qişloğidagi maskanda esa 2100 sömdan quyilmoqda.

Namangan viloyatida faoliyat yuritayotgan deyarli barça metan “zapravka”larida narx barqaror 1900 söm. Bunga Uyçi tumanidagi şoxobçada ham guvoh böldik. Namangan şahri atrofidagi “zapravka”larda ham bir xil 1900 sömlik narx saqlanib qolibdi.

Şuni alohida aytib ötiş kerakki, vodiydagi “zapravka”larda kerakli savollaringizga javob olişning iloji yöq. Sababi, şoxobçalarda mas'ul rahbarlar tomonidan qöyilgan iş yurituvçilar faoliyat olib boradi. Ular deyarli uçinçi şaxs. Işga qöyilgan mazkur boşqaruvçilar faqat “kattalardan söraşimiz kerak”, degan javobni berişi mumkin, xolos.