Buyuk Britaniya hukumatining fikriça, Solsberida Rossiya harbiy razvedkasi sobiq zobiti Sergey Skripalga nisbatan amalga oşirilgan suiqasdning barça tafsilotlari aniqlandi. Bu haqda The Telegraph hukumatdagi manbalarga asosan xabar bermoqda.

Ular ma'lumotiga köra, rasmiylarning Rossiya Boş ştabi Boş boşqarmasi (GRU) sobiq polkovnigi zaharlanişi haqida «barça biliş kerak bölgan narsa» aniqlanganiga işonçi komil. Xabarda aytilişiça, Britaniya tomoni Solsberida yuz bergan hodisa uçun mas'ul şaxslarning butun zanjiridan yaxşi xabardor. U, gazeta suhbatdoşlarining bildirişiça, Rossiya rahbariyatiga olib boradi.

Şuningdek, manbalarning naşrga xabar qilişiça, Buyuk Britaniya hukumati mamlakat hududida GRU agentlari tarmoği foş etilgan, deb hisoblaydi, biroq endi Rossiya Taşqi razvedka xizmati tomonidan sodir etilişi mumkin bölgan harakatlardan xavfsiramoqda. Londondan bildirişlariça, SSSR GRU Birinçi boş boşqarmasi vorisi bölgan Taşqi razvedka xizmati GRUdan xavfliroq va ança professionalroq, şuning uçun harbiy razvedkaga qaraganda köproq tahdid uyğotadi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Skripallar harbiy bazada uşlab turilgani taxmin qilingandi.