Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy hukumati besh mingga yaqin poraxo‘rni qaytarishga muvaffaq bo‘ldi
Foto: Thomas Peter/Reuters
2014 yildan beri XXR hukumati korrupsiyaga qarshi kurash doirasida dunyoning 120dan ortiq mamlakatidan 4997 nafar fuqaroni qaytardi. Bu haqda «Sinxua» agentligi rasmiy ma'lumotlarga asosan xabar berdi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, bu shaxslardan 1015 nafari XXR Kommunistik partiyasi a'zolari yoki davlat muassasalari xodimlaridir. Yana 56 shaxs iqtisodiy jinoyatlarni sodir etishda gumon qilingan, jinoiy ta'qibdan yashirinib yurgan, yuzdan ortiq kishi nomi kiritilgan «qizil ro‘yxat»da bo‘lgan.
Ta'kidlanishicha, korrupsiya bilan global kurash vaqtida 10,51 milliard yuan (1,53 mlrd dollar) qaytarildi.
Barcha rasmiy ma'lumotlar 2018 yil 30 noyabr holatiga ko‘ra taqdim etilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Si Tszinpin Xitoyda korrupsiya ustidan g‘alabaga erishilganini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
22:37 / 02.02.2026
Xitoy ketma-ket 16 yildan buyon dunyodagi eng yirik kemasoz davlat maqomini saqlab turibdi
20:40 / 02.02.2026
Xitoyda Birma mafiyasining yana to‘rt a’zosi qatl etildi
23:40 / 30.01.2026
Panama kanali Xitoy kompaniyasidan olib qo‘yildi
20:07 / 30.01.2026