GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi Yuliya, katta ehtimol bilan, zaharlaşga uriniş holatidan keyin Buyuk Britaniyada qolişgan. Bu haqda The Telegraph xavfsizlik xizmatlaridagi öz manbalariga asosan yozmoqda.
Ularning taxminiça, Skripallar Angliya janubida joylaştirilgan. U yerda ular tor doiradagi tibbiy ekspertlar nazorati ostida yaşamoqda. Ehtimol, Yuliya hatto iş topgan ham bölişi mumkin - naşr suhbatdoşlari fikriça, uning rus tilini bilişi bunda qöl keladi.
Şu bilan birga, guvohlarni himoya qiliş dasturiga qaramasdan, oila Rossiya va Buyuk Britaniyadagi qator yaqin döstlari bilan aloqalarni saqlab turibdi, ba'zilari esa yozda Skripallarni körgani ham borgan, deya ta'kidlaydi The Telegraph manbalari.
Yuliya Skripal 10 aprel kuni şifoxonadan çiqarildi, otasi 18 may kuni u yerni tark etdi. Öşandan beri sobiq polkovnik matbuot yoki rasmiylar bilan aloqa qilmadi. Uning qizi Reuters agentligiga intervyu berib, uzoq muddatli istiqbolda Rossiyaga qaytişni rejalaştirayotgani, biroq hozirça Londondagi maxfiy boşpanada qolişga majbur ekanini aytdi.
Skripallar 4 mart kuni Solsberida zaharlandi. London rasmiy versiyasiga köra, ularga qarşi SSSRda kimyoviy qurol sifatida işlab çiqilgan «Noviçok» asab-falajlovçi moddasi qöllanilgan, suiqasd ortida esa Rossiya rahbariyati turibdi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Skripalga qilingan suiqasdning barça tafsilotlari aniqlangandi.













