Özbekistonda tahsil olayotgan xorijiy talabalar juda kam: 2017 yil holatiga köra, atigi 709 nafarni taşkil etgan. Hozirda körsatkiç uzoği 1000 nafarga yetgan bölsa kerak. Qöşni mamlakat – Qozoğiston oliy ta'lim dargohlarida çet elliklarning salmoği qariyb 14 mingni (15.02.2018 ga köra) taşkil etadi. 2020 yilga borib, uşbu körsatkiç, 50 ming nafar xorijiy talabani qamrab olgan holda, yana yuqorilaşi kutilmoqda. Buning ustiga, qöşni respublikada oliy ta'lim sifati nisbatan yuqori. Demak, har bir universitet obrösini, jumladan unda tahsil olayotgan xalqaro talabalarning soni ham omil sifatida belgilab beradi.

Xöş, Özbekiston oliy ta'lim tizimida nega bu körsatkiç bunçalik past? Qidirsak, sabablar son mingta. Töğri, sönggi 2 yil içida dunyo reytingiga kirişga harakatlar sezilyapti. Qabul kvotalari erkinlaştirilişi, qöşma fakultetlar, iqtisodiy mustaqillik va boşqalar misol böla oladi. Lekin baribir ham bu tizimda davlatning yillar davomida yakka monopol bölib kelgani, natijada islohotlarni erkin tarzda amalga oşirişga tösqinlik qilinayotgani, ayniqsa, OTM rektorlariga juda ham bilinsa kerak, çunki «mustaqil» qaror qabul qilayotganda, albatta, vazirlik bilan maslahatlaşiladi. 

Kun.uz'ga murojaat qilgan xorijlik talabaning aytişiça, u xorij fuqarosi bölgani uçun kontrakt tölovini mahalliy talabalar uçun belgilangan miqdordan deyarli 3 baravar köp tölaydi. Şuningdek, u barça mahalliy talabalar singari stipendiya olmaydi. Masalani çuqurroq tahlil qiliş uçun soha vakillariga yuzlanib, ikkita muhim savol bilan murojaat qildik: xorij talabalari kontrakt summasini nima sababdan oşirilgan summada tölaşadi va nima uçun stipendiya berilmaydi?

Moliya vazirligi matbuot xizmatining Kun.uz'ga ma'lum qilişiça, vazirlik Oliy va örta-maxsus ta'lim vazirligi belgilab bergan summani faqatgina hisoblab berarkan (masalan, nima uçun aynan 3 baravar qimmatroq, degan savol ularni qiziqtirmaydi yoki ularda bunday ma'lumot yöq).