Berlinda 14 yanvar kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Germaniya Federativ Respublikasiga taşrifi oldidan Özbekiston – Germaniya işbilarmonlari biznes-forumi bölib ötdi. Forum doirasida «O’zsanoatqurilishbank» hamda bankning korporativ mijozlari Germaniya moliya muassasalari hamda işbilarmon doiralari bilan ikki tomonlama manfaatli şartnomalar imzoladi.

Foto: O’zsanoatqurilishbank

Sönggi yillarda Özbekiston-Germaniya örtasida investitsiya va savdo sohalaridagi özaro hamkorlikning jadallaşişi kuzatilmoqda. Xususan, «O’zsanoatqurilishbank» tomonidan Germaniyaning «AKA Ausfuhrkredit-Gesellschaft mbH», «BayernLB», «KfW IPEX-Bank GmbH», «ODDO BHF», «Landesbank Baden-Wuerttemberg», «Landesbank Hessen-Thüringen», SAP kabi yetakçi banklari va kompaniyalari bilan turli mazmundagi uçraşuvlar ötkazilib, manfaatli kelişuvlarga erişilmoqda.

SAP kompaniyasi bilan hamkorlikda Toşkent şahridagi Inxa universitetida moliyaviy texnologiya markazi taşkil etildi. Markaz talabalarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida bank işiga oid barça sohalaridagi nazariy bilimlarini amalda sinaş va mustahkamlaşga imkon beradi.

Commerzbank bilan birgalikda esa «O’zsanoatqurilishbank» faoliyati samaradorligini yaxşilaş, biznes jarayonlarini takomillaştiriş, ilğor bank texnologiyalarini jalb qilib, yangi texnologik bazani yaratiş işlari olib borilmoqda. Nemis moliya muassasalarida qöllanilayotgan zamonaviy boşqaruv uslublari özlaştirilib, xodimlar malakasi xalqaro standartlarga muvofiqlaştirilmoqda.

Özbekiston – Germaniya biznes forumi bu boradagi hamkorlikni yanada kengaytirişda muhim omil böldi. Jumladan, «O’zsanoatqurilishbank» yetakçi nemis banklari – «AKA Ausfuhrkredit-Gesellschaft mbH», «KfW IPEX-Bank GmbH», «Berliner Sparkasse of Landesbank Berlin AG» va «ODDO BHF» bilan umumiy miqdori 285,0 million yevroga teng kelişuvlarga erişdi.

Forumda, şuningdek, bankning korporativ mijozlari – «East Mining Invest», «Shakhrisabz Textile», «Khantex Group» korxonalari Germaniyaning «Hartmann Lebensmitteltechnik Anlagenbau GmbH», «Truetschler GmbH & Co. KG», «Vock Maschinen-und Stahlbau GmbH», «COMMIT Project Partners GmBH», «Wehrhahn GmbH CNHI International S.A.» bilan umumiy qiymati 200 million yevrodan ziyod hamkorlik va savdo şartnomalarini imzoladi.

Bank axborot xizmati