Xalqaro nufuzli reyting kompaniyalaridan biri – Fitch Ratings “O’zsanoatqurilishbank” kredit reytingini «B+»dan «BB–»ga oşirib, uning istiqbolini “Barqaror” deya baholadi.
Uşbu daraja bankning asosiy körsatkiçlari barqarorligini, xususan, kreditlaş salohiyatining yuqoriligini ifodalaydi. Mijozlari, hamkorlari va sarmoyadorlari oldida işonçliligini namoyon etadi.

Fitch Ratings bank reytingini aniqlaşda uning yillik moliyaviy faoliyati, xususan, kreditlaş sohasida istiqboldagi salohiyatini çuqur örganib, tahlil qildi.
Ta'kidlaş joiz, “O’zsanoatqurilishbank”ning kreditlaş faoliyati keng qamrovli. Bank sarmoyalari iqtisodiyotning yirik tarmoqlaridan tortib, kiçik biznes sohasini moliyalaştirişda muhim rol öynaydi.Neft-gaz, energetika, kimyo, metallurgiya kabi iqtisodiyotning real sektoridagi bir neça önlab loyihalar “O’zsanoatqurilishbank” investitsiyalari hisobiga öz vaqtida hayotga tatbiq etilmoqda.
Yetakçi reyting kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan uşbu xalqaro darajadagi reyting “O’zsanoatqurilishbank” faoliyati samaradorligini hamda öz vazifalarini tölaqonli bajarayotganligini bildiradi. Bu esa uning mijozlar oldidagi obröyini yanada oşiradi.
Bank Axborot xizmati
Reklama huquqi asosida















