Uzbekistan Airways milliy aviakompaniyasiga qaraşli Boeing 787-8 Dreamliner 11 yanvar kuni Dubaydan uçib kelgandan söng, reysdan olingan. UZ24 manbasi xabariga köra, uning motoridan qirindi topilgan. Motor şu qirindi hisobiga işdan çiqqan. 

Registratsiya raqami UK-78701 bölgan bu samolyot keyingi vaqtlarda işdan çiqqan «Özbekiston havo yöllari» şirkati ixtiyoridagi ikkinçi Dreamliner’dir.

Hozirça Uzbekistan Airways rahbariyati hali ikki yil ham işlatilmagan eng qimmat yölovçi samolyotlarining ketma-ket işdan çiqayotgani haqida rasmiy axborot bermadi.

2018 yilning 24 dekabr kuni Uzbekistan Airways’ga qaraşli, Moskva-Toşkent yönalişida HY604 reysini amalga oşirgan, registratsiya raqami UK-78702 bölgan Boeing 787-8 Dreamliner samolyoti parvozi 1 soatu 18 daqiqaga keçikkan, bunga samolyotda texnik nosozlik yuzaga kelgani sababligi aytilgandi.

«Ozodlik» naşri reysga qöyilganiga ikki yil tölmagan qimmatbaho samolyotning motori işdan çiqqani haqida xabar bergandi. Uzbekistan Airways bu xabarga munosabat bildirib, reys haqiqatan ham 1 soat 18 daqiqaga uşlanib qolgani, lekin bunga yölovçilarni samolyotga çiqariş va havo kemasining muzlaşga qarşi işlovi bilan boğliq masalalar sabab bölgani haqida ma'lum qilgan, xorij naşrini esa asossiz ma'lumot tarqatişda ayblagandi.