24 dekabr kuni «Özbekiston havo yöllari» milliy aviakompaniyasiga qaraşli, Moskva-Toşkent yönalişida HY604 reysini amalga oşirgan Boeing 787-8 Dreamliner samolyoti parvozi 1 soatu 18 daqiqaga keçikdi.
Xorijiy naşrlarda uşbu keçikiş sababi sifatida samolyotda texnik nosozlik yuzaga kelgani aytildi.
Xususan, «Ozodlik» naşri aviakompaniyaning ismini sir tutişni söragan mutaxassisiga asoslangan holda işga tuşirilganiga ikki yil ham bölmagan samolyotning motori butunlay işdan çiqqanini yozdi.
«Registratsiya raqami UK-78702 bölgan Dreamliner 24 dekabr kuni Moskvadan 1,5 soat keçikib uçdi. Samolët bazör Toşkentga qönişi bilan motorni oçişdi. Içidan qirindi çiqdi, turbina kuraklari qayrilgani ma'lum böldi. Yaxşiyamki, samolët eson-omon Toşkentga yetib keldi. Havoda dvigatel işdan çiqsa nima bölardi? Muhandislar samolyotda ortiqça vibratsiya borligini oldindan bilişgan, rahbariyatga ham ma'lum qilişgan. Lekin samolyotni darhol reysdan çiqarib, texnik körikka oliş örniga uçirişdi», deyiladi manbada.
Naşr bu ma'lumotni tekşiriş uçun «Özbekiston havo yöllari» milliy aviakompaniyasining tijorat departamenti, unga texnik xizmatlar körsatuvçi Uzbekistan Airways Technics AK bilan boğlangan, lekin javob ololmagan.
Flightradar24 sayti ma'lumotiga köra, Dreamliner UK-78702 oxirgi marta 24 dekabr kuni Moskvadan Toşkentga parvoz qilgan. Sayt ma'lumotiga köra, aviakompaniya ixtiyoridagi Dreamliner’lardan biri deyarli bir haftadan buyon havoga kötarilmayapti (registratsiya raqami UK-001 bölgan yana bir samolyot ham harakatsiz qolmoqda).
Naşr manbasi samolyotlar motori qisqa masofalarga köp parvozlar qilişi oqibatida işdan çiqqanini aytgan.
«Dreamliner bir uçişda 13 ming kilometrgaça uçadigan, dvigateli kuçli samolët. Uning tijoriy qimmati ham uzoqqa uçişi va ënilg‘i tejaşidadir. Dunëning aksar aviakompaniyalari Dreamliner samolyotlarini aynan 10 ming kilometrdan uzoq reyslarga qöyiş uçun sotib oladi. «Özbekiston havo yöllari» esa Dreamliner’larni Moskva, Istanbul, Dubay va Pekin kabi 5000 kilometrga ham yetmaydigan masofalarga uçirib, allaqaçon uning motorini işdan çiqardi. Uçişi kerak bölgan masofaning yarmiga ham uçmasa, dvigatel ikki baravar tezroq işdan çiqadi», degan u.
Manba milliy aviakompaniya yil oxirigaça 3 million yölovçi taşigani haqida prezidentga hisob beriş maqsadida samolyotlarni maqsadga muvofiq bölmagan tarzda ekspluatatsiya qilganini qöşimça qilgan.

















