Özbekistonda Markaziy Osiyoda öxşaşi bölmagan innovatsion loyiha işga tuşiriladi. Loyiha böyiça kelişuv Berlinda bölib ötgan Özbekiston – Germaniya biznes forumida Germaniyaning “Wehrhahn GmbH” kompaniyasi va “East mining invest” – Özbekiston-Turkiya qöşma korxonasi örtasida imzolandi.
Kelişuv Toşkent viloyatida bunyod etiladigan gaz-beton bloklar hamda avtoklav uslubi bilan tayyorlanadigan gaz-beton plitalar işlab çiqaruvçi zavodga asbob-uskunalarning birinçi partiyasini yetkazib berişni közda tutadi.
Umumiy qiymati 130 million yevroni taşkil etadigan loyihaning 50 million yevrosi xorijiy investitsiya hisoblanadi. Bunda “O’zsanoatqurilishbank” taşabbuskorlarni moliyaviy qöllab-quvvatlab, konsalting xizmatlarini körsatadi.
Mazkur mahsulot yordamida bunyod etiladigan bino va inşootlar nafaqat issiqlik va energiya tejamkorligi bilan, balki quriliş işlarini qisqa vaqtda amalga oşirilişi bilan muhim ahamiyatga egadir.
Loyiha texnologik uskunalarining energiya samaradorligi böyiça MDH mamlakatlari orasida noyob hisoblanadi. Xalqaro standartlarga töliq javob beradigan yuqori sifatli mahsulotlar eksportga ham yönaltiriladi.
Eslatib ötamiz, 2018 yilning avgust oyida Jizzax şahrida bölib ötgan Xalqaro investitsion forumda mazkur loyiha böyiça anglaşuv memorandumi imzolangan. Unga köra, Özbekistonda yillik hajmi 2,5 million kub metr bölgan gaz-beton bloklar hamda avtoklav uslubi bilan tayyorlanadigan gaz-beton plitalar işlab çiqaruvçi 5 ta zamonaviy korxona qurilişi közda tutilgan.
Reklama huquqi asosida
















