2018 yilgaça Jones Lang Lasalle kompaniyasida biznes inşootlarini boşqariş böyiça menejyer yordamçisi vazifasida işlagan, ayni paytda Navoiy viloyati hokimining investitsiya va innovatsiyalar böyiça maslahatçisi vazifasiga tayinlangan, Nazirjon Jörayev Germaniya universitetlaridan birining filiali Navoiyda oçilişi mumkinligini ma'lum qildi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar berdi. 

«Avvalambor, Germaniya universitetlari malakali muhandis xodimlarni yetkazib berişda boşqa davlatlarga qaraganda ustunliklarga ega va öqiş narxlari ham xalqimiz uçun hamyonbop ekanligini ta'kidlaş lozim. Biz közlayotgan oliygohlar universitetlarning xalqaro reytingida eng yuqori 500talikdan örin olgan. Masalan, Ahen şahridagi Reyn-Vestfal texnika oliygohi bilan muzokara olib boryapmiz. Albatta, boşqa oliygohlar bilan ham boğlanamiz va ularni jalb qilişda bor mahorat va tajribadan foydalanamiz», – deydi Jörayev.

Uning aytişiça, viloyatda, asosiy vazifalaridan biri –​ koorporatsiya va investorlarga kredit ajratiş va xalqaro moliyaviy resurslarni köçirişga kömak beriş bölgan, investbank taşkil etilişi ham rejalaştirilmoqda.

«Şuningdek, talaygina işlar amalga oşirilişi kutilmoqda. Şulardan biri –​ şahar va tumanlarda köngiloçar eko-parklar taşkil etiş, tungi Navoiy şahrini yanada yoritiş, maşinalar avtoturargohlarini tartibga soliş. 

Ular içida eng muhimlaridan biri –​ maktablarda ingliz tiliga ixtisoslaştirilgan qöşimça​ tögaraklar yoki hamyonbop öquv markazlari xizmatlarini köpaytiriş rejamizda bor. Xalqimizda şu borada qöşimça takliflar bölsa, biz ularni tinglaşdan xursand bölardik va har bir taklifni inobatga olib örganib çiqamiz», – deydi viloyat hokimi maslahatçisi.

Ma'lumot uçun, Nazirjon Jörayev öz vazifasiga 2019 yilning yanvaridan boşlab kirişgan. U bunga qadar Angliyada Oceanic Village LTD kompaniyasida menejyer lavozimida ham işlagan. London buxgalteriya va moliya kolleji va Raskin universitetlari bitiruvçisi Jörayev 2 ta xalqaro banklarning investitsiyalarini jalb etiş masalasida iş boşlanganini ma'lum qilgandi.  ​