Rossiya razvedkasi josus Sergey Skripal va AQŞ prezidenti Donald Trampga qarşi «rus dosesi» muallifi Kristofer Stilni özaro boğlab, «yolğon iz» yaratişda ayblandi. Bu haqda Britaniyaning Daily Telegraph gazetasi razvedkadagi manbalarga tayangan holda yozmoqda.

Skripallar Solsberida asab-falajlovçi modda bilan zaharlanişidan bir yil oldin «yolğon iz» yaratilgan, deb yozadi naşr.

Xususan, LinkedIn servisida Skripalga suiqasd qilinişidan bir yil avval nomi oşkor etilmagan profilga ega yozuv paydo bölgan, u tez orada öçirib taşlangan. Undan keyin Britaniya OAV Skripalning MI6’dagi kuratori «Orbis Business Intelligence katta tahlilçisi bölib işlaşi»ni xabar berdi. Trampga «dose»ni aynan şu kompaniya e'lon qilgan.

Biroq, qator manbalarning Telegraph’ga xabar berişiça, LinkedIn’dagi profil soxta bölgan yoki u heç qaçon mavjud bölmagan, şuningdek, Skripalning MI6’dagi kuratori Trampga qarşi «rus dosesi»ni çiqargan kompaniya uçun heç qaçon işlamagan.

Britaniya gazetasi razvedkadagi «nufuzli manbalar»ga asoslangan. Ularning fikriça, Sergey Skripalga suiqasd Trampning Rossiya bilan aloqalari haqida tekşirilmagan ma'lumot asosida fikr yuritilgan «dose» haqiqat ekaniga şubha uyğotiş maqsadida «maxfiy amaliyotlar» ötkazişning bir qismi bölgan, deyiladi materialda.

Naşrdan qayd etişlariça, bu dosening muallifi - Kristofer Stil Britaniyaning MI6 razvedkasida Rossiya byurosiga rahbarlik qilgan. U Sergey Skripal bilan Britaniya razvedkasidagi işi davomida tanişgan bölişi mumkin.

2018 yil martida Sergey Skripal va uning qizi Yuliya «Noviçok» asab-falajlovçi modda yordamida Solsberida zaharlandi. Ular hozirça jamoatçilikdan yaşirinmoqda. London Moskvani hodisaga aloqadorlikda ayblamoqda.

Kreml Buyuk Britaniya hukumatining Rossiya GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi Yuliya Solsberida zaharlanişiga aloqador ekani haqidagi ayblovlarini inkor qilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Skripallarning zaharlanişdan keyingi hayoti haqida tafsilotlar paydo bölgandi.