Meni har doim muşohadaga çorlab turadigan bir holat bor: deyarli har kuni hayotda, jamiyatda, hujjatlarda duç keladiganim «fuqaro» atamasi. Uşbu sözning mohiyatini yaxşi bilaman: «Fuqaro – faqir, kambağal, beçora, miskin, gado, davlatning yoki birovning hisobiga yaşaydigan, bir kunlik yemişini topa olmaydigan şaxs» ma'nosining köplik şakli, deb yozadi tibbiyot fanlari nomzodi Rözmat Tojimurodov «Işonç» gazetasida çop etilgan maqolasida.
«U mustaqilligimizning boşlarida bir qator (tayyora, tayyoragoh, nafaqaxör va h.k.) kabi şoşma-şoşarlik bilan heç qanday ilmiy asoslanmagan sözlar kabi qöllanila boşlangan. «Faqir, fuqaro» deb xalqimizni ataş, balki birovni koyiganda ham bunday deyiş noörin emasmi? Ba'zilar bu söz negizida bir neça sözlar paydo bölgan, ularning kelajagi nima böladi, deya öylaşi mumkin. Masalan, «fuqaroparvar». Bu sözda heç qanday ma'no yöq. «Fuqarolik jamiyati». Endi bunisi ortiqçadek, nazarimizda», – deya fikrini asoslagan Tojimurodov.
Unga köra, «fuqaro» sözi örniga işlatilişi mumkin bölgan xalq va Konstitutsiyaga mos keladigan atama – «bek va beka», ya'ni «Özbekiston beki va bekasi».
Rözmat Tojimurodov maqolada şunday yozadi:
«Bek(a)» barça din va millat vakillariga ham mos keluvçi yagona variantdir. Bu taklif köplab davlat va nodavlat taşkilotlari vakillariga ma'qul bölgan.
«Fuqaro» sözi örniga taklif qilinayotgan variant va uning ta'rifi:
Bek (beka). Özbekiston beki, bekasi:
– Özbekiston hududida doimiy (yoki Özbekiston beki, bekasi böla turib, vaqtinça biror-bir boşqa davlatda) istiqomat qiluvçi, bir xil yuridik huquqlarga ega bölgan, turli millat va din vakillaridan taşkil topgan aholi;
– Ma'naviy va moddiy jihatdan boy-badavlat özbek xalqining farzandlari;
– Davlatni, davlat ramzlarini töliq anglagan holda hurmat qiluvçi, vatan uçun har qanday xizmatga tayyor bilimli kişilar;
– Öziga işongan, öz sözida turadigan, oilasi va vataniga sodiq erkak va ayollar;
– Öz haqini tanigan, özganing haqini ham unutmaydigan, uzoq-yaqin qöşnilar bilan döstona yaşaşga intiluvçi xalq;
– Sodda, kamtar, kamsuqum, keng fikrlovçi, vijdoni pok insonlar;

















