Inson hayoti davomida turli kasalliklarga çalinişi tabiiy hol. Bemor bölmagan, şifokor va tabib yoniga bormagan kimsaning özi yöq bölsa kerak. Odam tuğilişi bilan köz oçib körgan birinçi odamlari ham - onasi va şifokor böladi. Biror joyi oğrigan kişiga dunyo tor bölib yugurganiça şoşgan joyi esa - şifoxona. 

Tibbiyotçilar boğça, maktab çoğimizdan bizni soğlom bölişimizni nazorat qilib boradilar. Ulğaygan sari ularning bizga yaqin döst ekanligini anglaymiz. Heç kimga aytmagan sirimizdan ham ular voqif.

Töğrisi, jamiyatning ziyolilar sinfiga mansub, faoliyati insonlarga yaxşilik qilişdan iborat bölgan tibbiyot xodimining aholi tomonidan urib kaltaklangani haqida yozişning özi qiyin...

Andijonda voqea qanday sodir böldi?

Andijondagi Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi filiali viloyatdagi eng nufuzli muassasalardan biri hisoblandi. Filialda öz kasbining ustasi bölgan yuqori saviyali mutaxassislar faoliyat olib boradilar.

Video: Tas-IX


              Video: Youtube      

Şifoxona va IIB xodimlari ma'lumotlariga tayangan holda röy bergan salbiy voqea tafsilotlariga töxtalamiz:

25 yanvar kuni yarim keçasi salonida uç kişi bölgan “Kobalt” avtomaşinasi Andijonning Xortum qişloği atrofida haydovçi D.T. mast ekanligi sabab yöl transport hodisasi sodir etadi. Avtomaşina boşqaruvida uning egasi emas, balki dösti bölgan. Simyoğoçga urilib dabdala bölgan “Kobalt”ning salonidagi uç kişidan biri kuçli yana biri yengil tan jarohati olgan edi.

Ulardan ikkitasi respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filiali qabulxonasiga tungi soat 1:18da kirib kelişadi. Murojaat etuvçilarni muassasa navbatçi şifokorlari şoşilinç körikdan ötkazganlarida ulardan birining son suyagi singanligi aniqlanadi.