30 yanvar kuni Özbekiston Respublikasi Elçisi Dilyor Xakimov Lyuksemburg Buyuk gersogi Anriga işonç yorliqlarini topşirdi.

Marosimdan söng bölib ötgan suhbatda Özbekiston va Lyuksemburg örtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Lyuksemburg Buyuk gersogi Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevga faoliyatida muvaffaqiyatlar tilab, Özbekistonning oçiq taşqi siyosati, jumladan Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlikning faollaşganini ma'qullaşini yetkazib qöyişni söradi. Şu örinda Özbekistonning Afğonistondagi tinçlik, xavfsizlik va rivojlanişni ta'minlaşdagi sa'y-harakatlari alohida e'tirof etildi.

Suhbatda Lyuksemburg Taşqi işlar vaziri Jan Asselbornning ikki tomonlama hamkorlikni faollaştiriş hamda Yevropa Ittifoqi va Özbekiston aloqalarini, ayrim mintaqaviy va xalqaro mavzularni muhokama qiliş maqsadida Toşkentga amalga oşiradigan taşrifining muhimligi qayd etildi.

Lyuksemburg rahbari ikki mamlakat örtasidagi munosabatlarni yanada kengaytiriş va çuqurlaştiriş uçun ulkan salohiyatning mavjudligini e'tirof etdi.

Özbekistonning qadimiy tarix va boy madaniyatga ega davlat sifatida dunyoga maşhurligi ta'kidlandi.