Özbekiston Respublikasi Prezidenti “Bankrotlik taomillarini yanada soddalaştiriş va sud boşqaruvçilari faoliyatini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorni imzoladi.

Qaror bilan Özbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boşqariş agentligi, Davlat soliq qömitasi, Özbekiston sud boşqaruvçilari assotsiatsiyasining 2019 yil 1 iyuldan quyidagi tartibni örnatiş haqidagi taklifi ma'qullandi:

davlat soliq xizmati organlari soliq va boşqa majburiy tölovlar böyiça qarzdorlikni undiriş imkoniyati bölmaganligi sababli ijro hujjatlari qaytarilgan kundan boşlab 30 kundan keçiktirmasdan qarzdorni bankrot deb topiş töğrisidagi ariza bilan sudga murojaat qiladi;

bankrotlik töğrisidagi iş bankrotlik alomatlari mavjud bölgan taqdirda, agar qarzdor yuridik şaxsga nisbatan jami talablar summasi eng kam iş haqi miqdorining kamida uç yuz karrasini taşkil etadigan bölsa, qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorga yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yöqotgan jismoniy şaxsga nisbatan esa eng kam iş haqi miqdorining kamida yigirma karrasini taşkil etadigan bölsa, sud tomonidan qözğatilişi mumkin;

tugatişga doir iş yuritiş muddati töqqiz oydan oşmasligi lozim, alohida hollarda uşbu muddat bankrotlik töğrisidagi işda iştirok etayotgan şaxslarning iltimosnomasiga asosan sud qarori bilan uç oydan oşmagan muddatga uzaytirilişi mumkin;

benefitsiar va affillangan şaxslarning birgalikdagi xatti-harakatlari oqibatida soxta bankrotlik, bankrotlikni yaşiriş yoki qasddan bankrotlikka olib keliş alomatlari aniqlanganligi töğrisida sudning qonuniy kuçga kirgan hukmi mazkur şaxslarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda subsidiar javobgarlikka tortiş uçun asos hisoblanadi;

bankrotlik taomillari qöllanilgan qarzdorlarning mol-mulki sud boşqaruvçilari tomonidan “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonçasida elektron onlayn-auksion orqali sotiladi.