Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Bizda tanlash imkoni yo‘q». Tramp raketalar bo‘yicha bitim haqida bayonot berdi
Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Tramp O‘rta va kichik masofadagi raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi bitimdan chiqishni majburiy qadam, deb atadi. Uning kongress oldidagi chiqishi Fox News tomonidan translatsiya qilindi.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, Amerika tomoni bitimga to‘liq hajmda rioya qilgan, Rossiya esa uni ko‘p marta buzdi. Uning ta'kidlashicha, aynan shuning uchun bitimdan chiqish to‘g‘risidagi qarorga keldi.
«Bizda tanlash imkoni yo‘q», - dedi Tramp.
Uning qo‘shimcha qilishicha, boshqa mamlakatlar, jumladan, Xitoyni jalb qilgan holda yangi bitimga erishish imkoniyati mavjud.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Putin Rossiya raketalar bo‘yicha bitimdagi ishtirokini to‘xtatishi haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
08:36 / 02.07.2026
Rossiyaning dron va raketa hujumlari iyun oyida qisqardi
10:35 / 22.06.2026
Ukraina Germaniya ishlab chiqarayotgan 600 ta raketaga buyurtma berdi
08:48 / 20.06.2026
Dunyo kosmodromlari xaritasi: kim eng ko‘p raketa uchirmoqda?
08:55 / 23.05.2026