Poytaxtda fuqarolar yiğinlari raislari (oqsoqollari) saylovini taşkil etiş va ötkaziş bilan boğliq qabul qilingan qonun normalarini yoritiş masalalari yuzasidan ommaviy axborot vositalari xodimlari uçun öquv-seminar taşkil etildi, deb yozmoqda ÖzA.

Konstitutsiyaning 105-moddasida “Şaharda, qişloq va ovullarda, şuningdek, ular tarkibidagi mahallalarda fuqarolar yiğinlari özini özi boşqariş organlari bölib, ular ikki yarim yil muddatga oqsoqolni saylaydi”, deb belgilab qöyilgan.

Mahalla jamiyat boşqaruvining xalq qadriyatlariga asoslangan tizimi sifatida ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy-ma'rifiy sohalarda qator vazifalarni samarali amalga oşirişda muhim ahamiyat kasb etadi. Uşbu tizimga doir köplab qonunçilik hujjatlarining qabul qilinişi uning taşkiliy-huquqiy asoslarini yanada takomillaştirdi.

Seminarda Özbekiston Respublikasining 2018 yil 15 oktyabrdagi “Fuqarolar yiğini raisi (oqsoqoli) saylovi töğrisida”gi va “Fuqarolar yiğini raisi (oqsoqoli) saylovi takomillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartişlar kiritiş töğrisida”gi qonunlari yuzasidan ma'lumotlar berildi.

Oldingi qonun fuqarolar yiğini raisi (oqsoqoli) bilan bir vaqtda uning maslahatçisini ham saylaşni nazarda tutar edi. Raisning vakolat muddati 2,5 yil bölib, bu muddat ularga öz bilim va boşqaruv qobiliyatini töliq namoyon etişga imkoniyat bermayotgan edi. Şuningdek, raislar fuqarolar vakillari yiğilişi tomonidan saylanardi. Bunda saylovçilar nomidan atigi 50-80 nafar vakil ovoz berardi. Boşqa fuqarolar ba'zan bundan bexabar qolayotgan, öz fikrini bildira olmayotgandi. Yana bir jihati şunda ediki, saylov oçiq ovoz beriş yöli bilan ötkazilgani bois, fuqarolarning öz xohiş-irodalarini erkin bildiriş imkoniyati çeklangandi.

Qonundagi özgarişlar natijasida maslahatçilarning rais (oqsoqol) bilan bir vaqtda saylanişining oldi olindi. Uning vakolat muddati 2,5 yildan 3 yilga uzaytirildi. Vakillikning minimal normasi belgilandi, ya'ni u saylovçilarning 12 foizidan kam bölmasligi tartibi örnatildi. Endilikda Oliy Majlis Senati Kengaşi tomonidan fuqarolar yiğinlari raislari (oqsoqollari) saylovini taşkil etiş hamda ötkazişga kömaklaşuvçi alohida respublika komissiyasi tuziladi. Bundan keyingi saylovlarda yaşirin ovoz beriladi.

Fuqarolar yiğini raisi saylovini taşkil etiş va ötkaziş, fuqarolar yiğini (fuqarolar vakillarining yiğilişi) ötkaziladigan sana, vaqt va joy, fuqarolar yiğini raisi lavozimiga nomzodlar töğrisida axborot Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahar fuqarolarning özini özi boşqariş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça kengaşlarining rasmiy veb-saytlariga saylov ötkazilişidan kamida beş kun oldin joylaştiriladi.