Toşkent şahrida yaşovçi örta yoşli fuqarolarning mol-mulkiga niqobli şaxslar hujum qildi. Ular jabrlanuvçilarning yaşaş uyiga tomdan oşiş yöli orqali kirib, ularga nisbatan zörlik işlatib, oyoq, qöl va oğzini skotç bilan boğlaydi. Jabrlanuvçilarni şu taxlitda qoldirib, voqea joyidan qoçişga ulgurişadi. 

«Zamon» dasturida berilgan lavhada aytilişiça, oradan köp ötmay, jinoyatçilar qölga olingan. Uşbu jinoyatni Olmaliq şahridagi jazoni ijro etiş muassasasidan qoçib çiqqan mahbuslar sodir etganlikda ayblanib sudlandi. 

Muqaddam qasddan odam öldiriş, şuningdek, bosqinçilik, bezorilik jinoyatini sodir etgan şaxslar jazoni ijro etiş muassasasida jazo ötab yurib, muddatining ötaşiga 1 yilgaça muhlat qolgan davrda qöriqlaş joyidan qoçib çiqib yana bosqinçilik jinoyatini sodir etişgan. 

Bu şaxslar jabrlanuvçilarning qöl-oyoq, oğizlarini skotç bilan boğlab, öldiriş bilan qörqitib 81 mln sömdan ortiqroq bölgan miqdordagi moddiy qimmatliklarni bosqinçilik yöli bilan egallab olib yaşirinişgan.

Jinoyat işlari böyiça Olmazor tumani sudi hukmi bilan ular öta xavfli retsidevistlar deb topildi. Ularga 15 yildan kam bölmagan muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi va jazoni maxsus tartibli koloniyalarda ötaşi belgilandi.