7 fevral kuni Jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar sudida marhum Jamşid Kenjayev yuzasidan davom etayotgan sud jarayonining navbatdagi majlisi bölib ötdi. Sudda Jamşid Kenjayev va uning şeriklarini ziyofatdan söng «Aurum-898» tungi klubga maşinada eltib qöygan guvoh Sanjar Tursunov söroq qilindi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Mazkur jinoiy iş jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar sudi sudyasi Sarvar Karimov raisligida hamda xalq maslahatçilari A. Nişonov va M. Mirağzamovdan iborat sud tarkibida körib çiqilmoqda. Sudya guvohning huquq va majburiyatlarini tuşuntirgandan söng, Tursunov sudda körsatma berdi.
Uning aytişiça, marhum Kenjayev, Şohruh Tursunov, Uluğbek Hayitboyev va boşqalar avval Toşkent şahridagi China Town nomli maskanda tuğilgan kunni nişonlagan.
«U joyda 8-9 kişi stol atrofida ötirgandi. Ziyofat taxminan soat 23.40ga qadar davom etdi. Keyin dam oliş joyini özgartirib, «Aurum-898» tungi klubiga boriş taklif etildi. Men Spark maşinani boşqarib, boşqalarni klubga eltib qöydim. Maşina kalitini öziga topşirib, taksi töxtatib uyga qaytmoqçi bölganimda, ur-töpolon boşlandi. Bir zumdan keyin atrofga qarasam, akam Şohruh Tursunov yerda qonga belanib yotibdi. Uni darhol yerdan olib, şifoxonaga ketdik», — deydi guvoh.
Sudya tergovda bergan körsatmasida Jamşid Kenjayev mast bölgani uçun maşina boşqaruvini özi olgani haqidagi Sanjar Tursunovning gaplarini eslatdi. Guvoh esa bunday bölmagani, China Town'dagi ziyofatda haqiqatan spirtli içimlik stolda bölgani, ammo kim iste'mol qilganini bilmasligini aytdi.
«Kimdan «Aurum-898» klubiga boriş taklifi çiqqanini ham bilmayman. Şunçaki dam olmoqçi bölişgandi. Men ularni eltib qöyib, ketmoqçi bölganimda esa baqir-çaqir avjiga çiqdi. Atrofga qarab, asl vaziyatni anglolmay qoldim. Kimlardir boşqalarni quvib ketişdi, yana kimlardir tös-töpolon qildi. Şu orada akamning yerda qonga belanib yotganini kördim. U orqasidan ikki marta yaralangandi. Qörqib ketdim. Uni darhol şifoxonaga olib ketdim. Boşqalarning oldiga yaqinlaşib bölmadi. Qölida turli qurollari bölgan kişilar yerda yotgan odamning oldiga yaqinlaştirmadi, hammani urib ketişdi», — deydi guvoh.
Prokuror sud majlisida iltimosnoma kiritib, iş böyiça voqealar aniq va sifatli aks ettirilgan videolavhani taqdim etib, uni tomoşa qilişni taklif etdi. Sudya prokurorning iltimosini qanoatlantirib, barça guvohlar sörov qilingandan söng, video körib çiqilişini bildirdi. Tomonlar bunga qarşi emas.
Sud majlisi 14 fevral kuni soat 11.00 da öz işini davom ettiradi.


















