Urganç davlat universitetida onlayn masofaviy ta'limni yölga qöyiş böyiça loyiha amalga oşirilmoqda. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda. 

Universitet Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligining «Oliy ta'lim tizimini modernizatsiya qiliş»​ loyihasi doirasida taşkil etilgan akademik innovatsiya fondi grantlar tanlovida iştirok etib, «2019 ─ 2020 yillarda zamonaviy onlayn öquv markazi yaratiş»​ loyihasi bilan Jahon bankining 50 ming dollar miqdoridagi grant mablağini qölga kiritdi. 

Loyihaga köra, hozirda oliygohda öqitilayotgan fanlar, dasturlar virtual markazga joylaştiriladi. Talabalar özlari istagan dasturni onlayn rejimda özlaştirişlari mumkin böladi.

Loyiha ijrosi mas'ul kotibi Xosiyat Şixovaning sözlariga köra, real auditoriyada öqituvçi 100-150 nafar talabaga ma'ruza öqisa, bu usul orqali minglab odamlarga ma'lumot uzatiş mumkin. Tadqiqotlarga köra, bitta professor 250 yil davomida erişişi mumkin bölgan samaraga virtual ta'lim yordamida bir yilda erişişi mumkin.
«Hozirda markazni taşkillaştirişning texnik işlari olib borilmoqda. 2020 yilning avgust oyida markaz öz faoliyatini barça fanlar yönalişida boşlaydi.

Dastlab öqituvçilarning özi ma'lumotlarni bazaga joylaştiriş, ularni onlayn körinişga ötkaziş, samarali masofaviy ta'limni olib boriş böyiça malakasi oşiriladi. Xususan, Şveytsariyaning Lozanna politexnika va Ispaniyaning Kantabriya universitetlari bilan hamkorlik yölga qöyilgan»​, —​ deydi u.

Öqiş davomida onlayn test va imtihonlar asosida sinovdan muvaffaqiyatli ötganlar sertifikatlarni qölga kiritadi. Sertifikatlar yönalişi böyiça tegişli taşkilotlar va korxonada işlaş huquqini beradi.

Agar mazkur dastur özini oqlasa, töliq virtual öqitiş tizimiga ötiş masalasini köriş rejalaştirilgan.​