«TOMÇI» - bu suv tejaşga yordamçi mobil ilova bölib, keng jamoatçilik e'tiborini suv tejamkorligi masalalariga jalb qiliş maqsadida yaratilgan. Mazkur ilovaning taqdimoti ötgan yil noyabr oyining oxirida bölib ötgan edi. U Şveytsariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi tomonidan moliyalaştirilgan va Özbekiston Respublikasi Suv xöjaligi vazirligi tomonidan amalga oşirilayotgan Özbekistonda suv resurslarini boşqariş milliy loyihasi doirasida işlab çiqilgan.
Kun. uz ilova taqdimotini va tanlov ötkaziş haqidagi e'lonlarni, uning şartlariga muvofiq “TOMÇI” mobil ilovasini yuklab oliş mumkinligini keng yoritdi.

Ilova rasman işga tuşirilgandan keyin aholining, ayniqsa, suv xöjaligi vakillari, fermer va dehqonlarning unga bölgan qiziqişi ortib ketdi. Qisqa vaqt davomida ikki mingdan ortiq foydalanuvçilar uni öz smartfonlariga yuklab oldilar. Hozirda dastur foydalanuvçilari faol tarzda ilovadan foydalanişmoqda. Buni a'zolardan kelib tuşayotgan taklif va savollar, şuningdek, yangi foydalanuvçilar sonining kun sayin ortib borayotganidan biliş mumkin.
Ilovaga bölgan qiziqişning ortib borişiga asosiy sabab ötgan yilning noyabr oyida e'lon qilingan tanlov ham muhim rol öynadi. 7 fevral kuni Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari institutida mazkur tanlovning 26 nafar sovrindorlarini, şuningdek, ikki nafar baxtli super mukofot egalarini taqdirlaş marosimi bölib ötdi. Bular:
- 13 nafar fermer, dexqon va tomorqa yer egalari;
- 13 nafar suv xöjaligi xodimlari.
Barça ğoliblar sovrin sifatida «TOMÇI» mobil ilovasi yuklangan smartfon olişdi.

Bularga qöşimça tariqasida «TOMÇI» mobil ilovasi foydalanuvçilariga super mukofotni yutib oliş uçun iştirok etiş imkoniyati yaratildi. Natijada ikki nafar iştirokçi Çexiya Respublikasiga yöllanma bilan taqdirlandi.
Tanlov ğoliblari barça röyxatga olingan iştirokçilarning nomi yuklangan tasodif raqamlar generatori - kompyuter dasturi yordamida aniqlandi.
-“TOMÇI” tanlovida iştirok etiş menga ikki karra foyda keltirdi,- deydi sovrindorlardan biri, Namangan viloyati Uçqörğon tumanidagi “Şodiyabonu Abdulfayz” fermer xöjaligi rahbari. – Birinçidan ilovani yuklab oliş bilan fermer sifatida özimga juda köp foydali ma'lumotlarni oldim. Ilovadagi suvni tejaş texnologiyalari aynan men rahbarlik qilayotgan xöjalikda qanday usullardan foydalaniş lozimligi haqida öylaşga majbur qildi va biz aniq xulosaga keldik. Ikkinçidan, juda quvonçli va maroqli xuşxabar: yangi smartfonga ega böldim. Ilova uçun ham, sovğa uçun ham taşkilotçilarga minnatdorçilik bildiraman”.























