Bugun TOMÇI mobil ilovasi yangilandi! Bu haqida Özbekiston Respublikasi Suv xöjaligi vazirligi tomonidan amalga oşirilayotgan, Şveytsariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi tomonidan moliyalaştirilayotgan “Özbekistonda suv resurslarini boşqariş milliy Loyihasi” suv tejamkorligi masalalariga e'tiborni qaratiş maqsadida xabar qiladi.

2018 yilning noyabr oyida suğorişda suvni tejaydigan usullar haqidagi axborotlarga tezkorlik bilan ega böliş imkonini beradigan, ularning afzalliklarini tuşuntira oladigan va suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilişning taxminiy xarajatlarini hisoblaydigan, bu texnologiyalarning işlab çiqaruvçilari va foydalanuvçilari bilan aloqa qiliş uçun yagona platforma bölib xizmat qiladigan TOMÇI mobil ilovasi işga tuşirilgan edi.

Uşbu ilova rasmiy işga tuşirilgandan söng, foydalanuvçilardan köplab izohlar, ijobiy fikrlar va mobil ilovani takomillaştiriş böyiça takliflar olindi.

TOMÇI endi qanday imkoniyatlarni taklif qilmoqda?

Siz suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qiliş haqida, ularning afzalliklari hamda ijobiy natijalarga erişgan fermerlar haqidagi bevosita daladan turib berib boriladigan qiziqarli kundalik yangiliklardan xabardor bölasiz.

Bundan taşqari, foydalanuvçilarda ijtimoiy tarmoqlar orqali xabarlar va ma'lumot almaşiş imkoniyati paydo böldi.

Şuningdek, Siz yoqtirgan yangiliklar va maqolalarni saralab, ularni saqlab qoliş imkoniyati inobatga olingan. Bu foydalanuvçi uçun qulay bölgan vaqtda kerakli maqolani topişga va unga qaytişga imkon beradi.

Yana bir muhim jihati şundaki, endi TOMÇI foydalanuvçilarning diqqatini tortadigan oddiy va ixçam dizaynga ega.

Agar Sizda qiziqiş paydo bölgan bölsa, TOMÇI ilovasini Google Play