News-medical.net naşrining yozişiça, mutaxassislar köplab omillar va körsatkiçlarni, jumladan atrof-muhit harorati, sirt turi va nisbiy namlikni hisobga oluvçi matematik modeldan foydalanişgan. Aniqlanişiça, atrof-muhitning yuqori harorati virusli tomçini tezroq quritişga yordam bergan, bu esa virusning yaşaşi ehtimolini keskin kamaytirgan. Namlik yuqori bölgan joylarda tomçilar sirtda uzoqror qolib, bu holda virusning yaşab ketişi ehtimoli oşgan.   

Mutaxassislar oçiq havoda turli havo şaroitlarida tomçining qurişi vaqtini aniqlaşgan va bu körsatkiçlarning koronavirus tarqalişi tezligi bilan boğliqligini tekşirişgan. Ular Nyu-York, Çikago, Los-Anjyeles, Mayami, Sidney va Singapurni tanlab olib, bu şaharlarda koronavirusga çalinganlar soni oşişining tomçilar quriş vaqtiga boğliqlik grafigini tuzişgan. Aniqlanişiça, kasallanganlar soni köpayişi sur'ati yuqori bölgan şaharlarda virusli tomçining qurişi vaqti kattaroq bölgan.