Toşkent şahridagi Turin politexnika universiteti mutaxassislari tomonidan abituriyentlarning OTMga elektron hujjat topşirişlari uçun möljallangan «Universities.uz» dasturi yaratildi.

Bu haqda Intellektual mulk agentligi axborot xizmati xabariga köra, dastur Özbekistondagi barça OTMlar (manzillar, telefon raqamlari, fakultetlar, yönalişlar, propusklar va h.k.) haqida ma'lumot oliş; foydalanuvçi uçun alohida akkaunt oçiş va u istalgan vaqtda öz hujjatlarini elektron şaklda yuborişi hamda sms-xabar orqali imtihon natijalarini bilişi kabi funksional imkoniyatlarga ega. 

Şuningdek uşbu dastur orqali butun dunyo böyiça grantlar, stipendiyalar va yozgi maktablar haqida ma'lumotlarga ega böliş mumkin. 

Dastur mualliflari Aloviddin Isomitdinov va Nurlan Joldibayevga guvohnoma berildi, deyiladi xabarda.

Eslatib ötamiz, avvalroq 2019/2020 öquv yilida oliy ta'lim muassasalariga hujjat topşiriş tartibi özgarayotgani xabar qilingandi.