Angliya Premer-ligasining 26-turida Londonning «Tottenhem» klubi «Lester»ni qabul qildi.

Asosiy yetakçilari Harri Keyn va Dele Allisiz qolgan bölişiga qaramay, «şporlar» bu öyinda ham ğalaba qozondi.

Öyinning birinçi bölimida mezbonlar himoyaçisi Davinson Sançes hisobni oçdi.

Öyinning 59-daqiqasida maydonga tuşgan «Lester» hujumçisi Jyeymi Vardi ilk harakatdayoq penalti işladi va zarbani özi ijro etdi. Ammo uning zarbasini Lloris bartaraf etdi.

Köp ötmasdan birinçi golga pas bergan Kristian Eriksen uzoq masofadan Kasper Şmeyxel qöriqlayotgan darvozani aniq nişonga oldi. 76-daqiqada esa Vardi xatosini tuzatib, hisobni qisqartirdi. Ammo öyinga qöşib berilgan daqiqalarda londonliklarning janubiy koreyalik legioneri Son Xin Min yakuniy hisobni örnatdi - 3:1.

Bu ğalaba Maurisio Poçettino şogirdlari uçun APLda qatorasiga törtinçi ğalaba böldi, «Lester» esa qatorasiga beşinçi öyinda ğalaba qozona olmadi - 4 mağlubiyat va 1 durang.

Endilikda «Tottenhem» oçkolari sonini 60taga yetkazdi va uçinçi örinda mustahkam joylaşdi, jamoa turnir jadvali peşqadami «Liverpul» bilan oradagi farqni 5 oçkoga qisqartirgan. «Lester» 32 oçko bilan 12-örinda joylaşgan.

Angliya çempionati
26-tur
Tottenhem – Lester 3:1
Gollar: 1:0 – 33 Sançes, 2:0 – 63 Eriksen, 2:1 – 76 Vardi, 3:1 – 90 Son Xin Min.
Tottenhem – Loris, Sançes, Rouz (Uoker-Piters, 88), Tripper, Vertongen, Sissoko, Skipp (Alderveyreld, 71), Uinks, Eriksen, Son Xin Min, Lorente (Vanyama, 80).
Lester – Şmeyxel, Maguayr, Çiluell, Rikardu Pereyra, Evans, Meddison, Ğazzol (Ixeanaço, 72), Barns (Okadzaki, 88), Grey (Vardi, 59), Ndidi, Tilemans.
Ogohlantirişlar: Son Xin Min (16), Rouz (20), Vertongen (28), Tilemans (85).