2019 yil 15 fevral kuni Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengaşining majlisi bölib ötdi.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati xabariga köra, Oliy Majlis Senati Kengaşi a'zolari, Qonunçilik palatasi deputatlari, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasining mas'ul xodimlari, vazirliklar, idoralar, “Mahalla” xayriya jamoat fondi va boşqa nodavlat notijorat taşkilotlar, ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etgan majlisda fuqarolar yiğinlari raislari (oqsoqollari) sayloviga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş masalasi muhokama etildi.

Qayd etilganidek, bu galgi fuqarolar yiğinlari raislari (oqsoqollari) saylovi jamiyatni yanada isloh qiliş va demokratlaştiriş, mamlakatni modernizatsiyalaş şaroitida bölib ötadi. 2017–2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasiga muvofiq 2018 yilning oktyabrida “Fuqarolar yiğini raisi (oqsoqoli) saylovi töğrisida”gi Qonun yangi tahrirda qabul qilindi. Unda fuqarolar yiğini raisi (oqsoqoli) uç yil muddatga saylanişi, yaşirin ovoz beriş, fuqarolar yiğinlari raislari (oqsoqollari) saylovini taşkil etiş va ötkazişga kömaklaşuvçi Respublika komissiyasining vakolatlari, fuqarolar vakillarining soni saylovda iştirok etiş huquqiga ega bölgan fuqarolar umumiy sonining kamida 12 foizini taşkil etişi lozimligi kabi yangi qoidalar mustahkamlab qöyildi.
Muhokama yakunlari böyiça avvalgi saylovlarda orttirilgan tajriba va qonun hujjatlari talablarini hisobga olgan holda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengaşining “Fuqarolar yiğinlari raislari (oqsoqollari) sayloviga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş töğrisida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq fuqarolar yiğinlari raislari (oqsoqollari) saylovi joriy yil may oyida ötkaziladi. Fuqarolar yiğinlari raislari (oqsoqollari) saylovini taşkil etiş va ötkaziş böyiça tadbirlar rejasi, fuqarolar yiğini raisi (oqsoqoli) sayloviga doir saylov byulleteni namunasi tasdiqlandi. Şuningdek, Fuqarolar yiğinlari raislari (oqsoqollari) saylovini taşkil etiş va ötkazişga kömaklaşuvçi respublika komissiyasi tuzilib, uning tarkibi tasdiqlandi.

















