2019 yil 21 yanvar kuni boşlangan Jamşid Kenjayev işi bilan boğliq sud jarayoni davom etmoqda. Bugun, 18 fevral kuni bu sud jarayonida voqea guvohi sifatida navbatdagi tibbiyot xodimi Aynura Işmanova tinglandi.

«Öşa kuni bizga ajratilgan maşinada qönğiroq qilingan joyga yetib bordik. Voqea joyiga yetib borganimizda odam köp edi. Bitta odam qonga belanib yotardi. Köp joyidan piçoqlangan edi. Boşidan zarba yegan edi. Qon ketişini töxtatiş uçun sonidan boğlangan ekan. Qon bosimi tuşib ketgani sababli ukol qildik. Keyin boşini sterillangan bint bilan boğladik. Tez yordam maşinasi bilan 17-şifoxonaga yetkazib bordik.

Aynura Işmanova

Taxminan 7-8 daqiqada voqea joyiga yetib borganmiz. Yaradordan qaysi joyi oğriyotganini söraganimda oyoği oğriyotganini aytgandi. Çala huşda edi. Şifoxonaga olib borişimiz bilan reanimatsiyaga olib kirib ketişdi», deya tibbiyot xodimining sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Şundan söng, davlat ayblovçisi öz savollarini berdi. Uning ortidan esa guvohga marhumning turmuş örtoği, jabrlanuvçi öz savolini berdi.

«Agar vaqtida olib borilganda ham turmuş örtoğimni hayotini saqlab qoliş mumkinmidi?» deya bergan savoliga guvoh «yöq» deya javob qaytardi. Bu javob esa ayblanuvçilarning advokatlari tomonidan e'tirozlarga sabab böldi.

Sud majlisi 21 fevral, payşanba kuni soat 11:00ga qadar qoldirildi.

Eslatib ötamiz, 2018 yilning 8 avgustidan 9 avgustiga ötar keçasi, taxminan, soat 00:25 lar atrofida Yunusobod tumanida joylaşgan «Aurum 898» tungi klubi oldida yuzaga kelgan piçoqbozlik vaqtida erkin kuraş böyiça xalqaro toifadagi sport ustasi 25 yoşli Jamşid Kenjayev halok bölgandi.

Uşbu fojia internetda katta rezonans keltirib çiqardi, tungi klub yopib qöyildi.