Professional boksning super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga çiqayotgan özbekistonlik boksçi Şohjahon Ergaşevning (16-0, 14 KO) navbatdagi jangi muddati aniq böldi. Bu haqda GoSport.uz naşri manbalari xabar bermoqda.

Ma'lumotlarga köra, Ergaşev özining 17-jangini joriy yilning 13 aprel kuni ötkazadi. Bellaşuv Nyu-Jyersi ştatining Atlantik Siti şahrida joylaşgan Boardwalk Hall arenasida ötkazilişi rejalaştirilgan. Keçaning asosiy jangida ayollar örtasida super örta vazn toifasining bir yöla törtta kamari uçun bahs ötkaziladi.

Hozirça Ergaşevning raqibi kim bölişi ma'lum emas. Sportçi tez orada bu borada ham ma'lumot berişini ma'lum qilgan. Jang 10 raundga möljallangan böladi.

Eslatib ötamiz, Şohjahon Ergaşev 15 fevral kuni amerikalik Maykal Foksga (19-1, 5KO) qarşi ringga çiqqan va unda oçkolar böyiça ğalaba qozongandi.

Şohjahon Ergaşev IBF yönalişining yanvar oyi uçun yangilangan reytingida bir poğona kötarilib, 11-öringa joylaşgan.