Adliya vazirligi huzuridagi Xadiça Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining direktori, yuridik fanlar doktori, professor Xudoyor Mamatov fuqarolarning huquqiy savodxonligi darajasini oşirişga tösqinlik qiluvçi muammo va kamçiliklarni ma'lum qildi.

«Huquqiy madaniyatni yuksaltirişda, eng avvalo, huquqiy ta'lim va tarbiya borasidagi işlar tizimli va uzviy olib borilmayapti. Uzoq yillar davomida bu masala huquqni muhofaza qiluvçi organlar va ayrim davlat organlarining işi sifatida qarab kelinib, bunda oila, mahalla va fuqarolik jamiyati boşqa institutlarining iştiroki yetarliça ta'minlanmagan», – deb yozadi u.

2019 yil 9 yanvarda Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltiriş tizimini tubdan takomillaştiriş töğrisida»gi farmoni qabul qilindi. Unda muhim beşta kiçik yönalişlar bayon etilgan:

  • birinçi yönaliş, «Oilada huquqiy tarbiyani şakllantiriş va huquqiy madaniyatni yuksaltiriş»; 
  • ikkinçi yönaliş, «Aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirişda mahalla institutining rolini kuçaytiriş»; 
  • uçinçi yönaliş, «Ta'lim muassasalarida huquqiy savodxonlikni oşiriş»;
  • törtinçi yönaliş, «Davlat organlari va taşkilotlar xodimlarining huquqiy madaniyatini yuksaltiriş»;
  • beşinçi yönaliş, «Aholi barça qatlamlarining huquqiy madaniyatini yuksaltiriş» uçun amalga oşirilişi zarur bölgan vazifalarni belgilab bergan.