GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripalning onasi Yelena Moskva politsiyasiga 2018 yil mart oyida Solsberida zaharlangan öz qarindoşlarini bedarak yöqolgan deb tan olişni sörab ariza bilan murojaat qildi.
Ariza otasi bilan birga zaharlangan Yuliya Skripalning yaşaş manzili böyiça berilgan, deb xabar qildi RIA Novosti’ga razvedkaçining qarindoşi Viktoriya. Agar Skripallar bedarak yöqolgan deb topilsa, unda onasi kvartira, maşina va itga egalik qilişni boşlaydi, deya qöşimça qilib ötdi u.
Eslatib ötamiz, avvalroq Viktoriya Skripal sobiq harbiy olamdan köz yumib bölgani haqida bayonot bergandi.
Viktoriya Skripal fikriça, Britaniya OAVda Sergey Skripalning soğliği yomonlaşgani haqida paydo böla boşlagan yangiliklar şuni anglatadiki, London «işni GRU sobiq polkovnigining ölimi va dalillarni yöq qilişga qarab olib bormoqda».














