Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Fuqarolar yiğinlari raislari, faollari, profilaktika (katta) inspektorlari va ularning yordamçilari, «Mahalla posboni» jamoatçilik tuzilmasi a'zolari hamda fuqarolarni moddiy rağbatlantiriş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida”gi hujjat loyihasi joylaştirildi.

Fuqarolar yiğinlari raislari, faollari, profilaktika (katta) inspektorlari va ularning yordamçilari, «Mahalla posboni» jamoatçilik tuzilmasi a'zolari hamda fuqarolarni moddiy rağbatlantiriş, bir marotabalik pul mukofoti yoki qimmatbaho sovğalar bilan taqdirlaş quyidagi maqsadlarda amalga oşiriladi:

fuqarolar yiğinlari raislari, faollari, profilaktika (katta) inspektorlari va ularning yordamçilari, «Mahalla posboni» jamoatçilik tuzilmasi a'zolari hamda fuqarolarning huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatçilikka qarşi kuraşişdagi faolligini yanada oşiriş;

huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatçilikka qarşi kuraşişda fuqarolar va jamoat taşkilotlarining huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oşiruvçi organlar bilan özaro hamkorligini yanada mustahkamlaş;

fuqarolar yiğinlari raislari, faollari, profilaktika (katta) inspektorlari va ularning yordamçilari, «Mahalla posboni» jamoatçilik tuzilmasi a'zolari hamda fuqarolarning huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatçilikka qarşi kuraşişga qöşayotgan hissalari uçun munosib taqdirlaş.

Biriktirilgan hududda jinoyatlar darajasi pasaygan, ularning oldini oliş va bartaraf etiş çora-tadbirlari öz vaqtida körilgan hollarda tegişli sxemaga muvofiq quyidagilar rağbatlantiriladi:

a) mehnatga haq tölaş fondining (pul ta'minotining) 100 foizigaça bölgan miqdorda (örnatilgan va tölanayotgan qöşimça haq va ustamalardan qat'i nazar):

fuqarolar yiğinlari raislari va faollari;

profilaktika (katta) inspektorlari va ularning yordamçilari.

b) eng kam oylik iş haqining uç baravarigaça miqdordagi bir martalik pul mukofoti yoki ijtimoiy qöllab-quvvatlaş va qimmatbaho sovğalar bilan:

«Mahalla posboni» jamoatçilik tuzilmasining alohida örnak körsatgan a'zolari;

jamoat tartibini saqlaş, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatçilikka qarşi kuraşda amaliy yordam körsatgan fuqarolar.