Jamşid Kenjayev işi böyiça sud jarayoni davom etmoqda. Kun.uz muxbiri navbatdagi sud majlisida iştirok etdi.

Navbatdagi sud jarayonida Jamşid Kenjayev «Aurum-898» tungi klubidan oldin örtoqlari bilan taşrif buyurgan «Chinatown» restorani xodimlari- menedjyer Yekaterina Mixayeva va ofitsiant Roman Ernazarov sud hay'ati oldida öz körsatmalarini berişdi.

«Jamşid oldinlari ham kelib turar edi. Öşa kuni mening navbatçiligim edi. Ular taxminan 10 kişi bölib kelişdi. Yigitlarning ziyofati bor ekan. Kimningdir tuğilgan kunini nişonlaşdi, çamamda. Soat keçki 11:00 çamasi musiqa ovozi öçirilganini eşitdim. Zaldan baqir-çaqir ovozi keldi. Ular orasida kiçik janjal kelib çiqdi. Jamşidni tanir edim, qolganlarni tanimadim. Jamşid restoranimizga kelib turardi. U qöriqçilar boşliği bilan gaplaşdi. Keyin nima bölganini bilmayman. Ularni ajratişga qaror qildik. Keyin hollga çiqdimda rahbariyatga, militsiyaga telefon qilmoqçi böldim. Şu payt Jamşid keldi-da «kimga telefon qilyapsan» deb baqirdi va telefonimni tortib olişga urindi. Bularning hammasi bizning videoyozuvlarimizda körinib turibdi. Bu videoyozuvlar tergovçilarda mavjud. Söngra, oğaynilari tinçlantirişga harakat qilişdi. Janjaldan söng, taxminan 11:30larda çiqib ketişdi. Oldinlari ham kelib turar edi. Unda piçoq heç körmaganman»,-deydi restoran menejyeri.

Şundan söng, Jamşid Kenjayev va uning oğaynilariga xizmat körsatgan ofitsiant sud majlisida körsatma beriş uçun çaqirildi.

«2014 yildan beri uşbu restoranda işlayman. Öşa kuni işda edim. Mehmonlar kelişdi. Yopiliş arafasida janjal boşlandi. Uning dösti Şohrux nomiga buyurtma bölgan edi. Ular 8-9 kişi edi. Keçki soat 11:00da restoranni yopamiz odatda. Bu janjal şu vaqtlarda bölgandi.

Jamşid bizning restoranga bir neça marta kelganini körganman. Uni şaxsan tanimasdim, restoran mijozi sifatida bilardim. Öşa kuni taxminan 2 şişa vino, 2 şişa aroq buyurtma qilişdi. Keyin ular orasida janjal kelib çiqdi. Bir-biriga baqirişdi, sökinişdi. Lekin, ular orasida muştlaşiş va şunga öxşaş holatlar kuzatilmadi. Janjaldan söng, ular ketişdi»,-deydi restoran ofitsianti.