“Özbekiston havo yöllari” aviakompaniyasi Pokiston va Hindiston örtasidagi siyosiy mojarolar tufayli havo yöllari yopilganligi sabab 1 martdagi Lohur-Toşkent qatnovini bekor qildi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, yölovçilarga qöşimça tölov va ovoragarçiliklarsiz aviabiletlarni qaytariş va qayta bron qiliş imkoniyati taqdim etiladi.
“Uzbekistan Airways kutilmagan noqulayliklar uçun uzr söraydi”, deyiladi xabarda.
Eslatib ötamiz, Hindiston va Pokiston örtasidagi munosabatlar 14 fevralda xudkuş Hindistonning Jammu va Kaşmir ştatida politsiya kolonnasi oldida özini portlatgandan keyin keskinlaşdi. Hujum uçun javobgarlikni “Jayişi Muhammad” guruhi öz zimmasiga olgan.

















