Özbekistonlik boksçilar Isroil Madrimov va Elnur Abduraimovning navbatdagi jangi qaçon ötkazilişi aniq böldi. Bu haqda Milliy olimpiya qömitasi xabar qilmoqda.
Unga köra, Madrimov professional boksdagi ikkinçi jangini 9 mart kuni ötkazadi. Uning raqibi va jang qayerda bölişi haqidagi ma'lumot yaqin soatlar içida e'lon qilinadi.
Elnur Abduraimovning yangi jangi esa 23 mart sanasiga belgilandi. Jang Rossiyaning Yekaterinburg şahrida ötkazilib, vakilimiz mezbon boksçi Dmitriy Xasiyevga qarşi ringga çiqadi.
Eslatib ötamiz, Elnur şu paytgaça 3 marta professional boksda jang ötkazib, ularning barçasida raqiblarini nokautga uçratgan. Xasiyev esa 11 marta jang qilib, 8 bor zafar quçgan (2 nokaut), 2 bor durang qayd etgan va 1 marta mağlubiyatga uçragan.
Avvalroq, Şohjahon Ergaşev WBA’ning yangilangan reytingida bir poğona yuqorilagani, Şahram Ğiyosov reytingni tark etgani xabar qilingandi.

















